Ronaldу tarixiy marraga yana ikki qadam tashladi

  • 27.12.2025 22:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Butun dunyo futbol jamoatchiligi Krishtianu Ronalduni qachon professional faoliyatida 1000 ta gol urishini kutmoqda. 40 yoshli futbolchining hozirgi holati va samaradorligi uni tarixiy marraga tobora yaqinlashtirib bormoqda.

Ronaldу Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida “Al-Uhdud” jamoasi darvozasini birinchi bo‘limning o‘zida ikki marotaba ishg‘ol qilib, faoliyatidagi 955 va 956-gollarini nishonladi.

Shuni ta’kidlash joizki, uchrashuvning 66-daqiqasida Ronaldu xet-trik qayd etishi ham mumkin edi, ammo portugalialik futbolchining uchinchi goli ofsayd sababli hakam tomonidan bekor qilindi.

Yakunda “An-Nasr” 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Uchinchi gol so‘nggi daqiqada  Joau Feliks tomonidan kiritildi.

Shu tariqa, “An-Nasr” chempionatda qatorasiga o‘nta uchrashuvni ham o‘z foydasiga hal qildi. Krishtianu Ronalduning joriy mavsumda urgan gollari soni 12 taga yetdi. U to‘purarlar poygasida jamoadoshi va hamyurti Joau Feliks bilan birga peshqadamlik qilayapti.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!