Ronald terma jamoaga foydadan ko‘ra ko‘proq muammo keltirmoqdami?

  • 08.06.2026 20:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik agent Paulu Barboza Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi roli haqida bahsli fikr bildirdi.

Mutaxassisning taʼkidlashicha, 41 yoshli hujumchi hali ham yuqori saviyada oʻynayotgan boʻlsa-da, uning maydonda boʻlishi jamoaning taktik imkoniyatlarini cheklab qoʻymoqda.

"Krishtianusiz Portugaliya hujumda ancha variativ oʻynay oladi. U maydonda boʻlganda esa qarorlar doirasi tortaydi. Shuning uchun menimcha, hozir Ronaldo jamoa uchun foydadan koʻra koʻproq bosh ogʻrigʻi hisoblanadi", — dedi Barboza.

Portugalya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini 17 iyun kuni DR Kongoga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Guruh bosqichining qolgan ikki uchrashuvida portugaliyaliklar Oʻzbekiston va Kolumbiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!