Ronaldu terma jamoani tark etishi mumkinmi?
Portugaliya Shveytsariyaga qarshi uchrashuvda Ronaldu zaxiridan o‘yinni boshladi. U avvalroq, Janubiy Koreyaga bilan o‘yinda 65 daqiqa maydonda harakat qilgan. O‘sha bahsdan so‘ng Krishtianu murabbiydan xafa bo‘lgan va shu sababli keyingi uchrashuvda asosiy tarkibdan tushib qolgan, degan mish-mishlar tarqaldi. Hattoki, uning terma jamoani tark etishi mumkinligi haqda xabarlar paydo bo‘la boshladi. Ronalduning o‘zi bunday ma’lumotlarga quyidagicha izoh berdi:
“Biz hech qanday tashqi kuchlar sindira olmaydigan darajada birlashganmiz. Portugaliya har qanday dushmandan qo‘rqmaydigan jasur xalq. Bu orzular uchun oxirigacha kurashadigan jamoa”, - dedi 37 yoshli hujumchi.
Shveytsariyaga qarshi o‘yinda Ronalduning o‘rniga tushgan 21 yoshli Ramush het-trikka erishdi. Bungacha futbolchi hali chempionatda bir marta ham maydonga tushmagandi.

Fikrlar