Ronaldu Turinda “Real”dagi sherigini kutyapti

  • 1 noyabr, 2020, 18:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” to‘purari Krishtianu Ronaldu  klub rahbariyatiga yozgi transferlar mavsumida PSJni tark etishi kutilayotgan Anxel Di Mariyani olib kelish kerakligini taklif qilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, argentinalik yarim himoyachi parijliklar bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olgani yo‘q. Va yozda Frantsiya chempionatini tark etishi kutilmoqda.

Ronaldu turinliklarni bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishga chaqirmoqda. Chunki portugaliyalik futbol yulduzi Anxel Di Mariya bilan “Real”da birga o‘ynagan va argentinalik futbolchining imkoniyatlarini yaxshi biladi.

32 yoshli Di Mariya PSJda 2015 yildan buyon to‘p surmoqda. To‘rt karra Frantsiya chempioni hisoblangan futbolchi joriy mavsumda oltita uchrashuvda bitta gol urib, ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!