Ronaldu ustozini ortda qoldirdi

  • 3 noyabr, 2021, 08:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida "Atalanta"ga (2:2) qarshi o‘yinda dubl qayd etdi.

Ushu o‘yindan so‘ng portugaliyalik hujumchining “qizil iblislar” safidagi gollari soni 127taga etdi. E’tiborlisi, Krishtianu bu borada jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherdan o‘zib ketdi. Norvegiyalik hisobida 126 ta gol mavjud.

Ronaldu ushbu natijaga erishish uchun MYu safida 303 ta o‘yinda maydonga tushdi. Sulsher esa bu natijaga 366 ta o‘yinda erishgan.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 9 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!