Ronaldu va Mendesh koronavirusga qarshi kurashish uchun 1 mln evro xayriya qildi

  • 24 mart, 2020, 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu agenti Jorje Mendesh bilan birga koronavirusga chalinganlarni davolash uchun 3 ta jonlantirish bo‘limiga pul ajratdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi va uning vakili Lissabon hamda Portu shaharlaridagi kasalxonalar uchun 1 million evro xayriya qilgan. Ushbu mablag‘lar hisobidan kasalxonalarga yangi tibbiy jihozlar olib kelinadi.

Santa-Mariya shifoxonasi boshlig‘i Daniel Ferro ushbu xayriya uchun Ronaldu va uning agentiga minnatdorchilik bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!