Ronaldу va Messi barcha davrlarning eng ko‘p daromad topgan sportchilari "top-5"ligida
Mashhur amerikalik Sportico nashri barcha davrlarning eng ko‘p daromad topgan 50 nafar sportchisi ro‘yxatini e’lon qildi. Hisob-kitoblarda maosh, bonuslar, mukofot pullari, reklama shartnomalari, litsenziyalar, mualliflik to‘lovlari va boshqa daromad manbalari inobatga olingan.
Reytingda jami 50 nafar sportchi orasida atigi to‘rt nafar futbolchi joy olgan. Uchinchi o‘rinda "An-Nasr" hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy olgan bo‘lib, uning umumiy daromadi inflyatsiyani hisobga olgan holda 2,52 milliard dollarni tashkil etadi.
Beshinchi pog‘onadan esa "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi a’zosi Lionel Messi (1,99 milliard dollar) o‘rin olgan. Sakkinchi o‘rinda "Real" va "Manchester Yunayted" klublarining sobiq futbolchisi, hozirda «Inter Mayami» hammulkidorlaridan biri Devid Bekxem (1,68 milliard dollar) qayd etilgan.
Shuningdek, 14-o‘rindan "Santos" va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar (1,24 milliard dollar) joy olgan.
Reyting peshqadami esa NBAning olti karra chempioni Maykl Jordан bo‘lib, uning daromadi 4,5 milliard dollarni tashkil qiladi.
Fikrlar