
Ronaldu va Messi ham avvalgidek emas
Joze Mourino “Tottenxem”ga qaytdan Garet Beyl haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Etti yil – katta muddat. Bu vaqt ichida jahon futbolida o‘zgarmaydigan futbolchi bormi? Hozir Beyl umuman boshqa futbolchi. “Tottenxem” buni to‘g‘ri qabul qilishi kerak. Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi ham etti yil avval qanday futbolchi bo‘lganiga bir e’tibor qarating. Hamma o‘yinchilarda ham o‘zgarish bo‘ladi.
Beyl ko‘p mehnat qilyapti. Birorta mashg‘ulotda bir daqiqani ham zoe ketkazmaydi. U hali maydonda 90 daqiqa o‘ynay olmaydi. Lekin u o‘sishda davom etadi. Garet tez orada yaxshi formaga kirib oladi, - dedi Mourino.
Fikrlar