Ronaldu “Yuventus”dan ketadimi? Savolga aniq javob olindi

  • 13 iyul, 2020, 18:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pandemiya karantinidan keyin Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlangach, “Yuventus”ni tark etishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Italiyaning mashhur Tuttosport nashri bu savolga aniqlik kiritdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 35 yoshli hujumchi ayni paytda muhitni o‘zgartirmoqchi emas va faqat tarixiy natijalar hamda yangi rekordlarni o‘rnatish haqida o‘ylamoqda ekan. Xususan, Krishtianu Ronalda Evropa chempionatlarining eng zo‘r to‘purariga beriladigan “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritmoqchi.

Hozir bu sovrin “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. U Bundesligada 34 ta gol urgan. Shuningdek, A Seriya to‘purari Chiro Immobile 29 ta gol urgan holda bu sovringa da’vogar va unda gollari sonini oshirish imkoniyati bor.

Krishtianu Ronaldu hisobida ayni paytda 28 ta gol bor va “Yuventus” chempionat oxirigacha yana oltita uchrashuv o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!