Ronalduda boshqa chora qolmadimi?

  • 16.12.2022 21:43
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Krishtianu Ronaldu jahon chempionatidan keyin sobiq klubi "Real" bazasida mashg‘ulot o‘tab, Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Dubayga jo‘nab ketdi.

37 yoshli hujumchi formasini saqlab turish maqsadida "qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres ruxsati bilan ikki kun mobaynida "qaymoqranglilar" hududida alohida mashg‘ulot o‘tkazib, shaxsiy samolyotida Dubayga uchib ketgan. Uning qay maqsadda ketgani hozircha noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Ronalduga haligacha Saudiya Arabistoni jamoasi "Al-Nasr"dan boshqa xaridor topilmadi. Riyodliklar portugaliyalik forvardga  yiliga 200 million evro maosh va 2.5 yillik shartnoma taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!