
Ronaldudan zo‘rlar ko‘p ekan. “Manchester Yunayted” tarixidagi eng zo‘r futbolchi kim?
Nufuzli FourFourTwo nashri “Manchester Yunayted” tarixida jamoada o‘ynagan eng zo‘r futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘rin jamoaning afsonaviy hujumchisi Bobbi Charltonga nasib qildi. Sobiq futbolchi yaqinda vafot etganidan xabaringiz bor.
Kuchli uchlikdan Jorj Best va Brayan Robson joy oldi.
Eng qiziqig‘i, jahon futbolida eng ko‘p gol urgan Krishtianu Ronalduga kuchli o‘nlikdan joy topilmadi. U 11-pog‘onada qayd etilgan.
Krishtianudan yuqorida Erik Kantona, Denis Lou, Ueyn Runi, Rayan Giggz, Dankan Edvards, Peter Shmeyxel va Pol Skoulz joylashtirildi.
Fikrlar