Ronalduga joy bo‘shatildi! "Al-Nassr" hujumchisi MYuga o‘tish arafasida

  • 08.01.2023 23:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Al-Nassr" hujumchisi Vensan Abubakar ijara asosida "Manchester Yunayted"ga o‘tishga yaqin turibdi. 

Klublar transfer masalasida o‘zaro kelishuvga erishdi. Saudiya Arabistoni jamoasi Krishtianu Ronalduga joy ajratish maqsadida kamerunlik forvardni sotishga qaror qilgan. 

Ma’lumot uchun, Abubakarning "Al-Nassr" bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. 

U joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!