
Ronalduga o‘zbekistonlik tadbirkor asos solgan mashhur brend tomonidan soat sovg‘a qilindi (foto)
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu qimmatbaho sovg‘ani qabul qilib oldi. Unga quyidagi rasmda aks etgan ajoyib soatni "Jacob & Co" brendi topshirgan.
"The Sun" nashrining xabar berishicha, soatning narxi 630 ming funt sterlingga teng. U yashil rangda bo‘lib, Krishtianuning Saudiyaga ko‘chib o‘tgani munosabati bilan shu rangda ishlab chiqarilgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Jacob & Co" brendi asoschisi o‘zbekistonlik Jeykob Arabo (asl ism-familiyasi Yoqub Arabov) hisoblanadi.
Fikrlar