
Ronalduga tanqid toshlari otilmoqda
“Yuventus” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Italiya kubogini boy berganidan keyin jamoasi futbolchilari, xususan Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
- Afsuski biz hozir bundan ortig‘iga loyiq emasmiz. O‘yinda to‘pni nazorat qilyapmiz, lekin o‘tkir hujumlarga kuchimiz etmayapti. Ronaldu ham shu paytgacha uddalab kelgan ishini qilishi uchun, harakatlariga keskinlik etishmayapti, - dedi Sarri.
Turinliklar bosh murabbiyi Italiya kubogining yarim finalida Ronalduning penaltini aniq amalga oshira olmaganidan norozi bo‘lgan edi.
Fikrlar