Ronalduga yangi taklif bor

  • 11 yanvar, 2023, 09:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Roberto Martines Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduning xizmatlaridan foydalanishga qaror qilib, uni terma jamoaga taklif etishini bildirdi.

Tecno

- Men tezroq portugal tilini o‘rganib olishga harakat qilyapman. Jahonning eng iste’dodli termalaridan birini boshqarish imkoniga ega ekanimdan mamnunman.

Men Krishtianu Ronalduga tayanishimni aytib qo‘yishim kerak. Futboldagi barcha qarorlar vaziyat joyida qabul qilinadi, ofislarda emas. Futbolchilar bilan uchrashib, gaplashib olaman.

Ishni jahon chempionatida qatnashgan 26 nafar o‘yinchiga tayangan holda tashkil qilish kerak va Ronaldu ana shu ijrochilardan biri. Krishtianu 19 yildan beri terma jamoa a’zosi, shuning uchun ham hurmatga loyiq.

Biz u bilan o‘tirib, 10 oydan keyin bo‘ladigan dastlabki uchrashuvga eng zo‘r jamoani tayyorlashni muhokama qilamiz. Men o‘zim tomonda bo‘lgan futbolchilarning barini hurmat qilaman, - dedi Roberto Martines.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!