Ronalduni olasan, Tuxel nega haydalganini unutma!

  • 30 sentabr, 2022, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati klub xo‘jayini Todd Byolining Krishtianu Ronalduni olish rejasini amalga oshirish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, Todd Byoli yangi bosh murabbiy Grem Potterni portugaliyalik to‘purarni jamoaga qo‘shishga ko‘ndirgan. Ma’lumki, avvalgi murabbiy Tomas Tuxel klub xo‘jayinining Ronaldu transferi bo‘yicha taklifiga qarshi chiqqani uchun ishdan olingani xabar qilingan edi.

37 yoshli hujumchi manchesterliklarga deyarli foyda keltirmayapti. Ular “qariya”ni qishda “Chelsi”ga sotib yuborishi mumkin. Transfer 20 million evro atrofida baholanmoqda.

“Chelsi”ni boshqarayotgan Grem Potter faoliyatida davomida hech qanday nufuzli sovringa ega chiqmagan. Ayrim mutaxassislar Ronaldu “Chelsi”ga kelgan taqdirda yangi bosh murabbiy mashhur yulduz bilan ishlashga qiynalishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!