
Ronalduni olib kelamiz, lekin bu katta tavakkal!
“Manchester Yunayted” bilan kelisha olmay qolgan Krishtianu Ronalduni Avstraliya ligasiga taklif qilishmoqda.
- Biz Ronalduni Avstraliyaga olib kelishdan manfaatdormiz. Lekin bu o‘ziga yarasha katta tavakkal. Shunga qaramay, bizda u ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan taklif bor, - dedi Avstraliya futbol ligasi bosh direktori Denni Tausend.
Ayni paytda Ronaldu bilan ilgari “Manchester Yunayted” va POrtugaliya terma jamoasida birga o‘ynagan Nani Avstraliyaning “Melburn Viktori” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.
Hozir Ronaldu ham, “Manchester Yunayted” ham amaldagi shartnomani bekor qilish bo‘yicha bosh qotirmoqda.
Fikrlar