Ronalduning "Atletiko"ga transferi jiddiy tus oldi
"Krishtianu Ronalduning "Atletiko"ga o‘tishi haqida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi.
Portugaliyalik Chempionlar ligasini yutishni istaydi va ispan klubini ushbu turnirda g‘alaba qozonish uchun da’vogarlar qatorida, deb hisobaydi.
"Matraschilar" bosh murabbiyi hali Ronaldu bilan gaplashmagan. Shunday bo‘lsa-da, argentinalik mutaxassis 37 yoshli hujumchining transferini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Sababi, uning kelishi jamoada hujumkorlikni oshiradi.
Ushbu xaridni amalga oshirish uchun Madrid klubi tarkibida ayrim o‘zgarishlar bo‘lishi kerak. "Atletiko" Moratani sotishi lozim, shuningdek, yarim himoyada harakat qiluvchi o‘yinchilardan ham kimdir ketishi kerak.
Fikrlar