
Ronalduning bu rekordini hech kim yangilay olmaydi
2024 yili Germaniyada bo‘ladigan Evropa chempionatining saralash bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu kvalifikatsiya o‘yinlarida raqiblar darvozasini o‘n marotaba ishg‘ol qildi.
Statistika mutaxassislari Evropa chempionatlari tarixida saralash musobaqalarida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.
Romelu Lukaku – Belgiya (21 ta gol)
“Evro-2024” saralash turnirida 14 ta gol urgan belgiyalik forvard musobaqa to‘purari bo‘ldi. Lukaku Belgiya terma jamoasi safida jami 113 ta uchrashuvda 83 ta to‘p kiritgan.
Robert Levandovski – Polsha (22 ta gol)
Robert Levandovski Evropa chempionatlari saralashidagi umumiy gollari sonini 22 taga etkazdi.
Harri Keyn – Angliya (23 ta gol)
Harri Keyn Angliya terma jamoasining eng zo‘r to‘purari hisoblanadi. Uning umumiy gollari soni 62 tani tashkil qilmoqda.
Robbi Kin – Irlandiya (23 ta gol)
Robbi Kin o‘z yurti terma jamoasida 18 yil o‘ynadi. Bu vaqt mobaynida 148 ta uchrashuvda 68 ta to‘p kiritdi. Shulardan 23 tasi Evropa chempionatlari saralashiga to‘g‘ri keldi.
Krishtianu Ronaldu – Portugaliya (41 ta gol)
Bu reytingdagi to‘purarlar 30 yoshdan o‘tgan. Demak, Ronalduning 41 ta goldan iborat rekordini yangilashga hech kimning imkoni yo‘q. Krishtianu terma jamoasi uchun eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. U 205 ta o‘yinda raqiblar darvozasiga 128 ta to‘p kiritgan.
Fikrlar