Ronalduning golli seriyasi buzildi
Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turi doirasida "An-Nasr" va "Al-Feyha" klubi bilan uchrashdi. Bahs 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
Shu tariqa portugaliyalik Krishtianu Ronalduning golli seriyasi buzildi. Bungacha 38 yoshli hujumchi ketma-ket 4 ta o‘yinda 7 bora raqiblari darvozasiga yo‘l topishni uddalagandi.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 10 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 2 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar