
Ronalduning onasi Jorjinani yo‘qotish uchun folbinga borganmi?
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Dolores Aveyru o‘g‘li va uning sevgilisi Jorjina Rodriges munosabatlariga qarshi ekani haqidagi xabarlarni inkor etdi.
- Men o‘z nomim va o‘g‘limning rafiqasi Jorjina ham kiradigan oilamiz nomidan shuni ma’lum qilamanki, o‘zim va oilam sha’nini tiklash uchun advokatlarga murojaat qilganimni tasdiqlayman.
Portugaliyaning mashhur gazetalaridan biri reklamalarida mening nomimdan foydalangan. Bu yolg‘on, tuhmat va chirkin xabarda meni farzandlarim baxtiga rahna soladigan ishlarni qilishda ayblashgan.
Mening nomam omma oldida kamsitilishiga, noprofessional manba nomimdan shunchaki foydalanishiga yo‘l qo‘ymayman. Ularning gapi asossiz ekanini isbotlab beraman. Nabiralarim bu tanqidoarni o‘qiyapti. Aynan mana sababli taslim bo‘lmayman va bu gazeta qilmishiga hisob beradi, - dedi Mariya Dolores Aveyru.
Ma’lumotlarga qaraganda, Socialité nashri Aveyru xonim o‘g‘lini Jorjinadan ajratish uchun folbinlarga murojaat qilgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
Fikrlar