Ronalduning rafiqasi: "Bu achinarli holat"

  • 07.12.2022 15:32
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jorjina Rodriges kechagi uchrashuvda Ronaldu 90 daqiqa o‘ynamaganidan xafa. 

Hujumchi Shveytsariyaga qarshi Jahon Chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan bellashuvda (6:1) Portugaliya zaxirasida qoldi va 73-daqiqada maydonga tushirildi. Mazkur bahsda u gol ura olmadi. 

"Tabriklaymiz, Portugaliya! 

11 nafar futbolchi madhiya kuylayotganda, barcha kameralar sizga qaratildi. Dunyoning eng yaxshi futbolchisining o‘yinidan 90 daqiqa zavqlana olmaganimiz achinarli holat. Muxlislar sizni maydonga tushirishni talab qildi. Ismingizni aytib baqirishdi.

Xudo hamda qadrdon do‘stim Fernando qo‘llarini biriktirgan holda, bizga yana bir hayajonli kechani taqdim etsin", - dedi Jorjina. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!