
Ronalduning yangi sherigi sevgilisi uchun har kuni 1000 kilometr masofa bosib o‘tadi
Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” 31 yanvar kuni o‘z tarkibiga “Aston Villa” forvardi Jon Duranni qo‘shib oldi.
Kolumbiyalik futbolchi Saudiya Arabistoniga kelishi bilan dastlabki muammoga duch keldi. Mahalliy qoidalarga ko‘ra, Duran rasmiy turmush qurmagani bois, bu mamlakat hududida o‘z sevgilisi bilan birga yashay olmaydi.
Saudiyaliklar rasmiy nikohga ega bo‘lmagan juftliklarga o‘z uylarini ijaraga bermaydi.
Shu bois, Duran Bahraynga joylashdi. Uning uyi va “An-Nasr”ning mashg‘ulotlar bazasi oralishi 480 kilometrdan oshiqroq masofani tashkil qiladi. Futbolchi uyiga borib kelish uchun har kuni qariyb ming kilometr yo‘l yurishi talab etiladi.
Bahrayn aeroportidan Ar-Riyod shahriga muntazam samolyot qatnovi qo‘yilgan va parvoz vaqti 1 soatu 20 daqiqani tashkil qiladi.
Jon Duran Saudiya Arabistoni klubi bilan 20230 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma tuzgan.
Fikrlar