Ronda Roʻzi portladi: "UFC - eng yomon joylardan biri"
UFC sobiq chempioni Ronda Roziy liganing hozirgi holatiga keskin munosabat bildirib, kompaniya egalari o‘zgarganidan keyin tanib bo‘lmas holga kelganini aytdi.
"UFC endi TOP janglar o‘tkazishga intilmayapti. Dananing jilovi tortib olingandan so‘ng, kompaniyani tanib bo‘lmay qoldi. Oq Uydagi turnir kardi ham juda yomon tuzilgan. Uayt ham buni biladi. Kafolat beraman, u ham bundan norozi. Moliyaviy tomonga kelsak, promoushen hozirda 7,7 milliard dollar ishlab topadi. Biroq jangchilariga to‘layotgan pullari minimum yashash xarajatlarini ham qoplamaydi. UFC - eng yomon joylardan biri. Shu bois ularning ko‘plab TOP atletlari pul topish uchun boshqa ishlar ham qiladi", - dedi Roziy.
Eslatib o‘tamiz, Ronda Roziy 17 may kuni "Most Valuable Promotions" turnirida Jina Karano ga qarshi jang qiladi.
Fikrlar