Rosenyor: "Palmer baxtli edi, jamoa esa kuchli ko'rindi"

  • 07.02.2026 23:26
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Liem Rosenyor APL 25-turida "Vulverxempton" ustidan qozonilgan g'alaba (3:1) haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda Koul Palmer xet-trik qayd etdi.

"Birinchi bo‘lim aynan shunday o‘tishini kutasiz – safar o‘yini, yuqori daraja. Pressingimiz juda yaxshi bo‘ldi, to‘p bilan o‘zaro harakatlarimiz esa ajoyib darajada edi. Biz haqiqatan ham kuchli o‘yin namoyish etdik.

Ikkinchi bo‘limda esa ko‘proq narsa kutgandim – standartlarimiz biroz pasaydi. Sharoit ham oson emasdi: maydon holati va yomg‘ir har ikki jamoa uchun qiyinchilik tug‘dirdi. Shunga qaramay, safardagi uch ochkodan juda-juda mamnunman", – dedi murabbiy.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq uchta gol urilgandan keyin o‘yinni nazoratga olish haqida gapirar ekan, Rosenyor quyidagilarni ta’kidladi:

"Biz to‘pni nazorat qila boshladik, paslar berdik va hujum pozitsiyalarini egalladik. Shu paytdan boshlab juda kuchli jamoadek ko‘rindik.

Albatta, Koul uchun xursandman. Uning kayfiyati haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Bugun u uchta gol urdi va baxtli ko‘rindi. Birinchi bo‘limda yana ko‘proq gol urishimiz mumkin edi va o‘sishda davom etishimiz kerak.

Ijobiy jihatlar juda ko‘p. Ammo men doimo yaxshilash mumkin bo‘lgan tomonlarga e’tibor qaratishni xohlayman. Seshanba kuni bizni kuchli "Lids"ga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda.

Koul futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi. Men esa uni va butun jamoani kuzatishni yaxshi ko‘raman. Ular kayfiyatda bo‘lsa, barcha ishni to‘g‘ri bajarса va ruhiy jihatdan tayyor bo‘lsa – bu ajoyib jamoa. Koul esa, albatta, maydonda imkon qadar ko‘proq ko‘rishni istaydigan futbolchimiz. Uning sog‘lom qolishiga umid qilaman", – dedi "Chelsi" ustozi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!