Rosenyor Palmer va Jeymsning holati haqida ma'lumot berdi

  • 16.01.2026 02:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenyor jamoaning ikki yetakchi futbolchisi — Koul Palmer va Ris Jeymsning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

Ikki futbolchi ham "koʻklar"ning soʻnggi ikki oʻyini — Angliya Kubogida "Charlton"ga qarshi bahs (5:1) hamda Liga Kubogida "Arsenal"ga qarshi uchrashuvni (2:3) oʻtkazib yuborgan edi.

— Palmer va Jeyms bugun mashgʻulotda qatnashdi. Endi faqat ularning holatini baholash va barcha zaruriy jarayonlarni oʻtkazishimiz kerak. Ayni paytda ayta olamanki, ikkala­si ham "Brentford"ga qarshi oʻyin uchun tarkibga kiritiladi, — dedi Rosenyor matbuot anjumanida.

"Chelsi" — "Brentford" uchrashuvi shanba kuni, 17 yanvar sanasida boʻlib oʻtadi. oʻyin soat 20:00'da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!