Rossiya kutilmaganda Moskvada Shvetsiyaga yutqazib qo‘ydi

  • 08.10.2020 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rossiya terma jamoasi bugun o‘z maydonida Shvetsiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Moskvadagi “Veb Arena” o‘yingohida kechgan qiziqarli bellashuv kutilmaganda 1:2 hisobida mezbonlarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Shvetsiyaliklar safida gollarni Aleksander Isak (21') va Mattias Yuxansson (73') kiritdi. Ruslarning yagona javob to‘pini 90-daqiqada Aleksandr Sobolev kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!