
Rossiya premer-ligasi: Bu mavsum Moskva hamda Sankt-Peterburgda o‘yinlar o‘tkazilmasligi mumkin
Rossiya premer-ligasining aksariyat klublari Rossiya futbol ittifoqi va premer-liga rahbariyatiga mavsumning qolgan qismini 4 ta shaharda o‘tkazishni taklif qilishmoqda.
Rossiyalik jurnalist Sergey Egorovning xabar berishicha, RPL o‘yinlarining qolgan qismi Grozniy, Krasnodar, Rostov va Sochida o‘tkazilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu o‘yinlar katta ehtimol bilan muxlislarsiz o‘tkaziladi.
Yuqoridagi taklif bugun Rossiya futbol ittifoqiga yuborilishi kutilmoqda.
Ayni damda RPLda 2 nafar hamyurtimiz - Eldor Shomurodov ("Rostov") va Oston O‘runov ("Ufa") to‘p surmoqda.
Fikrlar