Rossiya Superkubogi: Fayzullaev zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda TsSKA finalda zafar quchdi

  • 12.07.2025 21:53
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol

Rossiya Superkubogining finalidan o‘rin olgan "Krasnodar" - TsSKA klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Uchrashuvda Moskvaning TsSKA klubi minimal hisobda zafar quchib, Superkubokni boshi uzra ko‘tardi. To‘qnashuvdagi yagona golni esa Igor Diveev 48-daqiqada o‘z hisobida yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shuningdek, o‘yinning 89-daqiqasida "Krasnodar" futbolchisi qizil kartochka bilan jazolanib, maydonni tark etdi.
 
Milliy terma jamoamizning yosh yulduzlaridan biri Abbosbek Fayzullaev esa 80-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
12/07/2025 22:12
Демак Аббосда яна битта соврин булди.Омад,Аббосга,бардавом булсин.Кейинги совринлар Европа топ 5 лигидан булсин.