Rossiya terma jamoasi o‘z o‘yinini Saranskda o‘tkazishi mumkin

  • 11 avgust, 18:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabarlarga ko‘ra, Rossiya va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini Saranskda bo‘lib o‘tishi mumkin.

Tecno

Sanktsiya sabab xalqaro musobaqalarda qatnasha olmayotgan ruslar faqatgina o‘rtoqlik o‘yinlari bilan chegaralanmoqda. Sentyabr oyida Rossiya terma jamoasi Qatar va Iordaniya terma jamoalariga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan. Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, aynan Iordaniyaga qarshi bahs Saranskda joylashgan "Mordoviya Arena"da bo‘lib o‘tish ehtimoli bor. Uchrashuv 4 sentyabr sanasiga belgilangan.

Ma’lumot uchun, Iordaniya terma jamoasi allaqachon Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Jamoa hozirda FIFA reytingida 64-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!