Rossiya va Ukraina Evropa chempionatida o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin
Rossiya va Ukraina terma jamoalari futzal bo‘yicha 2022 yilgi Evropa chempionati yarim finalida to‘qnash kelishi mumkin.
Agar rossiyaliklar 1/4 finalda Gruziya termasini mag‘lub etsa, bu sodir bo‘ladi. Uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichida Rossiya terma jamoasi Slovakiya (7:1), Xorvatiya (4:0) va Polsha (5:1) ustidan g‘alaba qozongan edi. Ukrainaliklar esa Serbiyani mag‘lub etishdi (6:1), Niderlandiya (2:3) va Portugaliyaga (0:1) imkoniyatni boy berishdi. 1/4 finalda Ukraina Qozog‘istonni mag‘lub etdi (5:3).

Fikrlar