
Rossiyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi nominatsiyasi nomzodlari e’lon qilindi
Rossiyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan "Bishovets" sovriniga nomzodlar e’lon qilindi. Sobiq ittifoq davrida futbolchi va murabbiy bo‘lgan Anatoliy Bishovets nomi berilgan sovringa 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ega bo‘lishlari mumkin. Yakunlangan mavsum bo‘yicha ushbu sovrin nomzodlari e’lon qilindi:
Mixail Lisov (21 yosh, «Lokomotiv»), Matvey Safonov (20 yosh), Daniil Utkin (19 yosh), Ivan Ignatev (20 yosh), Magomed-Shapi Suleymanov (20 yosh) (barchasi – «Krasnodar»), Igor Diveev (19 yosh), Ilzat Axmetov (21 yosh), Konstantin Kuchaev (21 yosh), Ivan Oblyakov (20 yosh), Fyodor Chalov (21 yosh) (barchasi – TsSKA), Aleksandr Maksimenko (21 yosh), Nikolay Rasskazov (21 yosh), Aleksandr Lomovitskiy (21 yosh), Ilya Gaponov (21 yosh), Mixail Ignatov (19 yosh) (barchasi – «Spartak»), Artyom Galadjan (20 yosh, «Orenburg»), Daniil Glebov (19 yosh, «Rostov»), Artur Sagitov (19 yosh, «Rubin»), Roman Evgenev (20 yosh), Vyacheslav Grulev (20 yosh), Vladimir Moskvichev (19 yosh) (barchasi – «Dinamo»), Daniil Stepanov (19 yosh, «Rubin»), Danil Krugovoy (21 yosh, «Ufa»), Pavel Kaloshin (21 yosh), Gamid Agalarov (18 yosh), Kamil Zakirov (20 yosh), Ivan Ivanchenko (20 yosh) (barchasi – «Anji»).
Ushbu sovrinning amaldagi g‘olibi TsSKA klubi yarim himoyachisi Ilzat Axmetov bu safar ham nomzodlar orasiga kiritilgan.
Fikrlar