
Rossiyadagi legionerimiz g‘alabaga hissa qo‘shdi
Rossiya Milliy futbol ligasida ishtirok etayotgan “Tom”ni kuchaytirish uchun ushbu jamoa tarkibiga qo‘shilgan tajribali himoyachimiz Vitaliy Denisov jamoadoshlari bilan ilk g‘alabasini nishonladi.
Aleksandr Kerjakov boshqarayotgan tomskliklar bu gal o‘z uyida “Akron” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvda hisobni ochish mehmonlarga nasib qilgan bo‘lsa-da, sibirliklar irodali o‘yin namoyish etdi. Artyom Delkinning birinchi bo‘limda 11 metrlik nuqtadan kiritgan goliga, “Tom”ning yangi hujumchisi Denis Davidov ikkita aniq zarba bilan javob qaytardi.
Keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda to‘liq o‘ynagan Vitaliy Denisov etakchiligidagi “Tom” himoyachilari qolgan daqiqalarda raqibning barcha hujumlarini bartaraf eta oldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Tom” ochkolari sonini to‘qqiztaga etkazib, musobaqa jadvalida ko‘tarila boshladi. Hozircha, Denis jamoasi 19-pog‘onaga chiqib oldi.
Fikrlar