
Rossiyaga qo‘yilgan sanktsiyalar "Real"ning rejalarini o‘zgartirib yubordi
Evropa nashrlari "Real "ning uy stadioni hisoblangan "Santyago Bernabeu"ning rekonstruktsiya ishlari kechikishi mumkinligi haqida xabar topdi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiyadan zanglamaydigan plitalar etkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli ish to‘xtatilishi ehtimoli bor.
Ushbu materiallar bilan quruvchilar arenaning fasad qismini barpo etishadi. Ammo hozircha G‘arb davlatlarining Moskvaga qarshi sanktsiyalari tufayli ushbu qurilish buyumlarini olib kelib bo‘lmaydi.
Ma’lumot uchun, "Real" yangilangan "Santyago Bernabeu"ni 2022 yilning dekabr oyida ochishi kutilgan edi, ammo bu 2023 yilning boshiga cho‘zilishi mumkin.
Fikrlar