Rossiyalik hujumchi Turkiya klubiga o‘tdi!
Rossiya terma jamoasi a’zosi Fyodor Chalov PAOKdan Turkiyaning "Kayserispor" jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchi mavsum oxirigacha ijara asosida olindi. Shartnomada sotib olish huquqi nazarda tutilmagan. Shuningdek, Chalovning to‘liq maoshi turk klubi tomonidan qoplanadi.
Ma’lumot uchun, Fyodor PAOKning so‘nggi o‘yinlarida hatto qaydnomaga ham kirmay qo‘ygan edi. 27 yoshli forvard 2025/26 yildgi mavsumda jami 565 daqiqa maydonga tushib, 1 gol va 1 assist qayd etgan.
Fikrlar