
Aleksandr Xomyakovning "Surxon" bilan muzokaralari nega to‘xtab qoldi? U klubda shartnoma imzolamay ishlaganmidi? - Rasmiy bayonot
Xabaringiz bor, bir necha kun avval saytimiz orqali Aleksandr Xomyakov "Surxon"ni boshqarishi mumkinligi borasida xabar bergandik.
Klub matbuot xizmati telegramdagi rasmiy sahifasida murabbiy bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi. Unda yozilishicha, rossiyalik mutaxassis jamoada hali ish boshlamagan va tomonlar moliyaviy sababga ko‘ra kelisha olishmagan. Ayrim manbalarda Xomyakov jamoa bosh murabbiyiga aylangani va u allaqachon mashg‘ulotlarni boshlab yuborgani borasida xabarlar tarqalgandi.
- Aleksandr Xomyakov va "Surxon" futbol klubi uzoq vaqt davomida o‘zaro muzokaralar olib bordi. Lekin yakunda ikki tomon o‘zaro moliyaviy tomonlarini kelisha olmadi. O‘zPFL tomonidan ishlab chiqilgan reglamentga ko‘ra futbolchi yoki murabbiy O‘zbekiston Professional futbol ligasidan tasdiqdan o‘tmagunga qadar, shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Vaholanki, murabbiy bilan hech qanaqa shartnoma ham imzolanmagan va ushbu murabbiy klubda faoliyat yuritmagan, - deyiladi klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Xomyakov bu mavsum Coca Cola Superligasi 3-turidan so‘ng "Andijon" klubi murabbiyligidan ketgandi.
Fikrlar