
Rossiyalik mutaxassis: Osiyolik futbolchilar ham evropaliklardan qolishmaydi
Rossiyalik mutaxassis Aleksandr Tarxanov mamlakat futbol ittifoqining Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
-Menimcha, Osiyo bunday kuchli federatsiyani o‘z safiga qo‘shishga qarshi emas. Ammo FIFA bunga qanday munosabatda bo‘ladi?
Hozir osiyoliklar futbolda ancha rivojlangan. Afrikaliklar ham. Bu jahon chempionatida yaqqol namoyon bo‘ldi. Qolaversa, Qatarda o‘ynagan afrikaliklarning deyarli barchasi Evropa klublarida to‘p suradi.
Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari futbolchilari ham Evropada to‘p suradi. Ular evropaliklardan kam emas edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya futbol ittifoqining OFKga a’zo bo‘lish masalasi 27 dekabr kungi yig‘ilishda ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar