
Rossiyalik taniqli murabbiy O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida gapirdi
Rossiyalik taniqli murabbiy Valeriy Gazzaev Rossiya va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Rossiya o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishga majbur! Hozir jamoaga ko‘plab yosh futbolchilar taklif qilingan. O‘ylaymanki, biz qo‘limizdan kelgan barcha turdagi nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishimiz kerak. Raqib kim ekanligi farqi yo‘q – Tojikiston bilanmi, O‘zbekiston bilanmi. Nazorat o‘yinini o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlardan maksimal tarzda foydalanishimiz kerak", - dedi Gazzaev.
Rossiya terma jamoasi 20 noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Qiziqarli bahs Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Fikrlar