
Rossiyaliklar O‘zbekistonga qarshi o‘ynaydigan futbolchilar nomini e’lon qildi
Rossiya futbol ittifoqi rahbariyati mamlakat terma jamoalarining o‘yin amaliyotini oshirishda o‘zbekistonlik futbolchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etishga e’tibor qaratayotgani kuzatilmoqda.
O‘tgan yili noyabr o‘yida O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk marotaba rossiyalik futbolchilarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonda tushdi. Poytaxtimiz mezbonlik qilgan bellashuvda kuchlar teng kelgan va darvozalar daxlsizligi saqlanib qolgan.
Rossiya futbol ittifoqi sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, Rossiya yoshlar terma jamoasi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini O‘zbekistonda tashkil qiladi va rossiyalik futbolchilar Buxoroda o‘zbekistonlik tengqurlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
- Ivan Shabarov bosh murabbiyligidagi Rossiya yoshlar terma jamoasi 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tarkib topadi. Bu jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini 2-12 sentyabr kunlari o‘taydi.
Futbolchilar Novogorskdagi bazada yig‘iladi va u erda 5 sentyabrga qadar mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Keyin terma jamoa Buxoroga yo‘l oladi. U erda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.
Bu bahslar 8 va 11 sentyabrda “Buxoro Arena”da mahalliy vaqt bilan Moskva vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.
Raqib jamoa ham tarkibni 2005 yilda tug‘ilgan futbolchilardan shakllantiradi, - deyiladi Rossiya futbol ittifoqi xabarida.
Ma’lumotlarga qaraganda, murabbiylar shtabi yoshlar terma jamoasiga 23 nafar iste’dodli o‘yinchini jalb qilgan.
Buxoroga keladigan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar:
Mixail Tsulaya («Rostov»), Timofey Mitrov («Lokomotiv» Moskva), Aleksandr Dyogtev («Sochi»).
Himoyachilar:
Mixail Ryadno, Vadim Churilov (TsSKA Moskva), Evgeniy Lukinix («Lokomotiv» Moskva), Nikita Bozov («Spartak» Moskva), Nikita Lobov («Zenit» Sankt-Peterburg), German Ignatov («Rostov»), Maksim Balaxonov («Dinamo» Moskva), Alan Agaev («Rodina» Moskva).
Yarim himoyachilar:
Mixail Shetinin, Aleksey Batrakov («Lokomotiv» Moskva), Matvey Kislyak, Kirill Glebov (TsSKA Moskva), Aleksey Koltakov («Rostov»), Grigoriy Lovtsov («Krasnodar»), Konstantin Voinkov («Zenit» Sankt-Peterburg), Egor Smelov («Dinamo» Moskva), Ilya Ishkov («Ural» Ekaterinburg), Denis Pushkaryov («Volgar» Astraxan).
Hujumchilar:
Anton Shamonin («Rostov»), Luka Zgurskiy (TsSKA Moskva).
Fikrlar