
Rossiyaning O‘zbekistonga qarshi bahs uchun qaydnomasi e’lon qilindi
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Rossiyalik tengdoshlari bilan ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘yinlar 5 va 8 iyun kunlari Farg‘ona shahrining "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Bundan oldin Rossiya va O‘zbekiston yoshlar jamoalari 2023 yil sentyabrda uchrashgan edi. Birinchi o‘yin 3:3 hisobida yakunlangan, ikkinchisida esa Rossiya terma jamoasi 2:0 hisobi bilan g‘alaba qozongan.
Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi Ivan Shabarov kengaytirilgan tarkibga 30 nafar futbolchini kiritdi.
Darvozabonlar:
Aleksandr Degtev ("Sochi"), Mixail Sulaya ("Arsenal"), Daniil Veselov ("Lokomotiv"), Timofey Mitrov ("Shinnik").
Himoyachilar:
Jamoliddin Abdulqodirov (TsSKA), Nikita Bozov ("Baltika"), Egor Guziev ("Saturn"), German Ignatov ("Rostov" ), Ivan Lepskiy ("Tsokol"), Nikita Lobov, Ivan Shilenok ("Zenit-2"), Ilya Rojkov ("Rubin"), Mixail Ryadno ("Rodina"), Vadim Churilov ("Torpedo").
Yarim himoyachilar:
Dmitriy Aleksandrov, Denis Bokov, Viktor Okishor ("Dinamo"), Aleksey Baranovskiy ("Orenburg"),
Kirill Glebov (TsSKA), Timur Ivanov ("Zenit-2"), Ilya Ishkov ("Ural"), Danila Kozlov ("Krasnodar"), Aleksey Koltakov ("Rostov"), Dmitriy Pestryakov ("Akron"), Vadim Rakov ("Lokomotiv"), Egor Smelov ("Dinamo"), Mixail Shetinin ("Fakel").
Hujumchilar:
Sergey Gribov ("Akron"), Konstantin Dorofeev ("Turon"), Anton Shamonin ("Rostov").
Fikrlar