
Rostanmi? Chempionat avvalida "Neftchi" 17 yildan beri juda yomon statistika qayd etmoqda!
SPORTS.uz sayti jurnalisti - Faxriddin Ro‘ziev o‘z telegram kanalida Superligaga oid qiziqarli faktlarni e’lon qilishda davom etadi. Bu safar, u "Neftchi qayd etayotgan noxush an’anaga to‘xtaldi.
"Neftchi" 2015 yildan beri safarda "Metallurg"ni enga olmayapti. Farg‘ona klubining Bekoboddagi oxirgi g‘alabasi Abbosbek Maxsitalievning goli evaziga qo‘lga kiritilgan edi.
Neftchi" 2006 yildan beri chempionat startidagi safar o‘yinlarini yuta olmayapti. Jamoa bugun Bekobodda mehmon bo‘ladi."
Eslatib o‘tamiz, Superliganing birinchi turidan o‘rin egallagan "Metallurg" va "Neftchi" bahsi 18:30 start oladi.
Fikrlar