Rostovliklarning bor umidi Shomurodovdan!
Bugun Rossiya premer-ligasining 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Rostov” safarda “Rubin” mehmoni bo‘ladi.
“Rostov” joriy mavsumda Chempionlar ligasida qatnashish imkoniyatini saqlab qolishi uchun Qozondan faqat g‘alaba bilan qaytishi shart. Ushbu jamoalarning birinchi davradagi uchrashuvi rostovliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘sha uchrashuvdagi gollardan biri Eldor Shomurodov hisobiga yozilgan.
Bugungi o‘yinda “Rostov” tarkibida himoyachilardan Dmitriy Chistyakov va Aleksey Kozlov, yarim himoyachilardan Roman Eremenko va Matias Normann jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Muxlislar “Rostov”ning eng zo‘r to‘purari Eldor Shomurodov aynan bugun golsiz seriyasiga chek qo‘yib, qator etakchi futbolchilar maydonga tusha olmaydigan o‘yinda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishiga ishonmoqda.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.
Fikrlar