Rouzi nima uchun UFC ga qaytmasligini tushuntirdi
O‘ta engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ronda Rouzi nima uchun promoushenga qaytmasligini tushuntirdi.
"Odamlar qaytishimni so‘rashmoqda, bu uchun katta rahmat, ularning fikrlarini qadrlayman. Lekin endi e’tiborimni oilaga qaratishni xohlayapman", - deb Rouzining so‘zlarini keltiradi My Khel.
Eslatib o‘tamiz, Rouzi(12-2)ning so‘nggi jangi 2016 yilning dekabrida bo‘lib, Amanda Nunes(23-5)ga texnik nokaut evaziga yutqazgandi.

Fikrlar