Roy Kin Ruben Amorimning faoliyatiga shubha bilan qaramoqda
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Roy Kin jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis "qizil iblislar"ni ikkinchi mavsumini boshqarmoqda. Ayni paytda mankunianlar Angliya chempionati turnir jadvalida yettinchi oʻrinda bormoqda.
"Men Amorimga toʻliq ishonch bildirolmayman. U toʻliq tayyorgarlik davrini oʻtkazdi, unga yangi futbolchilar olib berildi, jamoa xalqaro musobaqalarda qatnashmayapti. Shunga qaramay, natijalar hali ham qoniqarli emas. Biz haligacha kutayapmiz. Ilgarigi savollar oʻsha-oʻsha qolmoqda. Gap kuchli toʻrtlikka kirish haqida ketyapti, ammo hozir jamoa bunga tayyor emas", — dedi Roy Kin "Nyukasl"ga qarshi oʻyin oldidan.
Fikrlar