Ro‘ziqul Berdiev: Bunday g‘alabalar jamoamizning xarakterini ko‘rsatib beradi

  • 8 mart, 2020, 20:03
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 2-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Andijon” (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

“Bugun muxlislarimizga bayram qilib berishimiz shart edi. Lekin o‘yinni xato bilan boshladik. Yigitlar iroda ko‘rsatishdi va buning uchun ularga rahmat aytish lozim. Qatorasiga ikkinchi bor bunday holat ro‘y bermoqda. Ammo bunday g‘alabadan xursandmiz. Chunki jamoamizning xarakterini ko‘rsatib bermoqda.

Umuman olganda uchrashuv to‘liq bizning ustunligimizda o‘tdi. Faqat gol kiritishimiz biroz cho‘zildi. Goldan so‘ng futbolchilarim yanada erkinroq harakat qilishdi. O‘ylaymanki stadionga yig‘ilgan muxlislar o‘yindan ham, natijadan ham xursand bo‘lib qaytishdi.

Mashhur Muhammadjonov bugungi bahsda xato qildi, ammo bu xato uni yanada kuchli qiladi. Ushbu xato uchun yigitlardan uzr ham so‘radi. Ne’matov va Ergashevlarda jarohatlar bor. O‘ylaymanki, kelgusi o‘yinga qadar Abduvohid Ne’matov safga qaytadi”, – dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
08/03/2020 20:18
Ruzi aka nimaga. 9 raqamni kech tushurdiz. Islom qarshi hujimga uynaydiki. Islom urniga. ikkinchi taymni boshidan tushurish kerak edi. Urtaga uyin yuq aka. Mazgavoy. Nasafni uyin tempini biladiki. Dilshod. Tayanch nuqtani tashlap ketapti. Hujimga. 9 raqam yoqoridan birinchi tupni. oladi.
08/03/2020 23:54
Nasaf baribir Nasafde bilasizu paxtakorga xam Lakamatifga xam javob xido xoxlassa aaaa akkalla dalshi peryot Nassaf masskivadan