Ro‘ziqul Berdiev: Ikkinchi davrada tajribali futbolchilarni taklif etsak, vaziyat o‘zgarishi mumkin

  • 26 may, 2019, 21:54
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tajriba g‘alaba qozondi. Raqib katta tajribaga ega bo‘lgan jiddiy raqib edi. Shunga qaramay yigitlarim biroz hayajonlangan bo‘lishsada, kurashishdi. Gol uchun vaziyatlar yaratdik, ammo ulardan unumli foydalana bilganimizda, natija biz uchun yaxshi yakun topishi mumkin edi. Rashidxonov birga-bir vaziyatga chiqib borib, uni golga aylantira olmadi. Futboldagi yozilmagan qonun bugun o‘z natijasini ko‘rsatdi. Yigitlarimga o‘yin uchun, muxlislarga esa ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman.

Tecno

- "Nasaf" uchinchi o‘rin uchun kurasha oladimi?

- Yo‘q, bunga real ko‘z bilan qarash kerak. Yil avvalida butun tarkibni yo‘qotdik. Yangi futbolchilar kelib qo‘shildi. Bir yilda tuzilgan tarkib bilan sovrinli o‘rinlar uchun kurashish qiyin. Asosiy maqsadimiz yoshlarni tajribasini oshirib, har bir o‘yinda maksimal harakat qilish. O‘rinlar uchun kurashda bizga juda qiyin bo‘ladi. Balki agar jamoamizga ikkinchi davrada tajribali futbolchilarni yoki legionerlarni taklif etsak, vaziyat o‘zgarishi mumkin.

- "Nasaf" balki Liga kubogida o‘z imkoniyatlaridan foydalan olar?

- Aslida, bu musobaqa jamoaga nima berad bilmayman. Jamoamizda yosh, asosiy tarkibda kam vaqt  o‘tkazayotgan futbolchilar bor. Shu yigitlarni aynan mazkur turnirda sinovdan o‘tkazamiz. Ikkinchi tarkib demagan bo‘lar edim, ammo olimpiya terma jamoasiga sakkizta futbolchimz yo‘l oladi va tarkibimizda yo‘qotishlar bo‘lishi aniq. 

- Islom Kenjaboevning maydonga tushmayotgani sababi nimada?

- Kenjaboev mashg‘ulotlar vaqtida jarohat olgan edi va shu jarohatini davolatish bilan band. Bugungi uchrashuvda u ham etishmadi. Bizga tezkor harakat qiladigan futbolchilar kerak edi. Lekin bu bahona emas, tezroq safga qaytsa, jamoamizga yordam beradi.

- Uzoq masofadan zarbalar yo‘llash?

- "Qizilqum" bilan o‘yinda ham kam zarba yo‘llagan edik. Buni ko‘rsatmalar orqali yigitlarga uqtirmoqdamiz-ku, biroq o‘yin vaqtiga bu jabhaga kamroq e’tibor qaratishmoqda. Qolaversa, raqib ham bunga imkon bermayapti. "Lokomotiv" to‘p bizda bo‘lgan vaqtda ko‘pchilik bo‘lib, himoyaga qaytib o‘ynashdi va bizga kam imkoniyat qoldirishdi. Lekin yaratilgan vaziyatlarning o‘zidan ham foydalana olmadik. 

Bu hayajon, shoshqaloqlik bilan ham bog‘liq. Bu narsa ayniqsa, birinchi taymda yaqqon ko‘rindi. Vaholanki, ularga shoshilmaslik kerakligini, to‘pni kamroq yo‘qotishni uqtirgan edik. Chunki "Loko" safida mahoratli futbolchilar jam bo‘lgan va ularni to‘psiz qoldirish kerak edi. Buni qisman bajardik. Ikkinchi bo‘limda vaziyat biroz o‘zgardi. Katta jamoalarga qarshi o‘yinda imkoniyatdan foydalan olmasa, sizning darvozangizga to‘p kiritishadi va bu narsa bugun yana bir bor o‘z isbotini topdi.

Shahzod Xolboev yozib oldi

Surat muallifi Azamat Umarov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mansurbek
26/05/2019 22:16
Ёш таркиб билан яҳши ўйин кўрсатяпсизлар.
Тўғри айтингиз камда 4та лиганер ўйинчи керак таркибга ҳам турнир жадвалида яҳши ўринлар учун курш бўлади ҳамда ёш фудбўлчилар улардан тажриба олади.
Dilmurod Karimjonov
26/05/2019 23:58
Berdiev zor unga OTJ ni berish k k
Dilmurod Karimjonov
26/05/2019 23:58
Berdiev zor unga OTJ ni berish k k