Ro‘ziqul Berdiev: "Qiyin o‘yinlardagi g‘alabalar mana shunday jarohatlar orqali qo‘lga kiritiladi"
Bugun Superliganing 11-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” o‘rtasidagi uchrashuvda mehmonlar 1:2 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
O‘yindan keyingi matbuot anjumanida “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Kuchli raqibni maydonida qiyinchilik bilan uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Bu o‘yin biz uchun juda muhim edi. Bugungi g‘alabamizga asosiy omillardan biri tezkor golimiz va himoyada e’tiborli o‘ynaganimizdir. Ko‘rdinglar, ikkinchi bo‘limda qo‘qonliklar katta kuch bilan hujumga o‘tdi. Himoyamiz va darvozabonimiz o‘z pozitsiyalarida mustahkam turdilar.
- Darvozabon Umid Ergashevning ahvoli qanday?
- Hozir aytishdi, jarohati biroz jiddiyroq deyishdi. Lekin bu – futbol. O‘ylaymanki, u jamoani qutqaraman deb shunday vaziyatga tushib qoldi. Umid qilamanki, barchasi yaxshi bo‘ladi. Qiyin o‘yinlarda ochkolar mana shunday jarohatlar orqali qo‘lga kiritiladi. Bu ham futbolning bir qismi. Hammasi joyida bo‘ladi.
- Ikkinchi bo‘limda jamoangiz ko‘proq vaqt cho‘zishga harakat qilgandek bo‘ldi, bu sizning ko‘rsatmangizmidi?
- Yo‘q, bu ko‘rsatma emasdi. Ammo ikkinchi bo‘limda 0:2 hisobidan keyin himoyaga ko‘proq e’tibor qaratishimiz kerak edi. Vaqt cho‘zishni atay qilishdi deb o‘ylamayman. Yutqazadigan jamoaga bunday hollar og‘irroq botadi. Ammo g‘alaba qozonish uchun hammasiga tayyor bo‘lish kerak. Hech bir vaziyatda futbolchilarimiz atayin o‘yinni cho‘zgani yo‘q yoki biz echinish xonasida ularga o‘yinni cho‘zinglar deb aytmaymiz.
Fikrlar