
Ro‘ziqul Berdiev: Raqib bu o‘yinga jismonan tayyor emas edi
OFK kubogida kurash olib borayotgan “Nasaf” bugun guruh bosqichining 3-turida qo‘shni Turkmanistonning "Oltin Asr" klubiga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “ajdarlar” ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
-Birinchi navbatda, shogirdlarimga minnatdorlik bildiraman. Qolaversa, muxlislarimizni ham tabriklayman. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz, endi shunday davom etishimiz kerak. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, guruhdagi uchchala raqibga ham birdek jiddiy qaradik.
Bugungi raqibimiz tajribali ekanini bilardik, ammo ular bugungi o‘yinga jismonan tayyor emas edi. Biz esa maydonda tezkorlik ko‘rsatishimiz lozim edi. Yigitlar buni uddalay olishdi.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" guruh bosqichining qolgan ikki uchrashuvini ham g‘alaba bilan yakunladi va o‘z darvozasidan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi. Aniqrog‘i, "Oloy" (4:0) va "Xo‘jand" (3:0) klublari darvozasiga javobsiz 7 ta gol urildi.
Fikrlar