Ro‘ziqul Berdiev: "Surxon" deyarli vaziyatlar yarata olmadi"

  • 04.07.2022 23:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Nasaf” – “Surxon” (2:0) o‘rtasidagi o‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev bellashuv to‘g‘risida fikr bildirdi.

- Birinchi davradan ko‘nglingiz to‘ldimi? Ayniqsa, “Nasaf”ning keyingi to‘rtta o‘yini murakkab o‘tdi. Buning sabablarini nima deb bilasiz?

- Birinchi sababi hamma jamoalarni kuchayib borayotganidir. O‘ylaymanki, jamoamiz birinchi davrani yaxshi o‘tkazdi. Ha, qaerdadir ochkolar yo‘qotgan paytimiz bo‘ldi. Ammo umumiy oladigan bo‘lsak, yaxshi o‘tkaza oldik. Osiyo Chempionlar ligasida ham qatnashdik. Birinchi davrada hammasi bo‘lib 20 ga yaqin o‘yin o‘tkazibmiz va shundan ikkitasida mag‘lubiyatga uchrabmiz.

Bugungi uchrashuvga kelsak, boya aytdim, har bir jamoa yaxshi qarshilik ko‘rsatyapti. “Surxon” ham buni amalda ko‘rsatdi. Lekin biz himoyada yaxshi harakat qildik. Hujumlarda samarali bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limdagi qarshi hujumlarda vaziyatlarni yanada ko‘proq golga aylantirishimiz kerak edi. O‘shanda sovuqqonlik yoki oxirgi pasni beradigan o‘yinchi topilmadi.

Bugun raqibdan ancha ustunlik qildik. Ular deyarli vaziyatlar yarata olmadi. Shuning uchun yigitlarga minnatdorchilik bildiramiz va muxlislarni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!