Ro‘ziqul Berdiev: "Tadichning o‘zi qanchalik mahoratli ekanligini bilamiz!"

  • 02.11.2025 22:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Elit Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Al Vahda" uchrashuvi oldidan Ro‘ziqul Berdiev va Husayn Norchaev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

"Bu safargi raqibimiz ham ancha jiddiy. Bizni yana bir og‘ir o‘yin kutib turibdi. Raqibimiz deyarli umuman mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda. Bu degani jamoa ancha yaxshi shakllangan. O‘yinlarini ko‘rganda esa shunga amin bo‘ldikki, ancha tartibli, yaxshi o‘yin quruvchi jamoa. Raqibni holatidan va o‘z holatiimizdan kelib chiqqan holatda aytaman, ertaga bizni og‘ir o‘yin kutmoqda.

Nafaqat Elit Chempionlar ligasida, balki har bir o‘yinda muxlislarimiz g‘alaba kutishadi. Buni har doim his qiladi. Musobaqani farqi yo‘q, har bir o‘yinda g‘alaba qozonish uchun chiqamiz. Ertangi bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Chunki turnir jadvalidagi o‘rnimizni yaxshilashimiz kerak. 

2017 yilda xam "Al-Vahda" bilan to‘qnash kelgansiz. Shu vaqt oralig‘ida raqib qanchalik o‘zgardi?

Ancha vaqt o‘tib ketdi-ku. "Al-Vahda" bilan 2001 yilda o‘ynaganmiz. 2017 yilda "Al-Vasl" bilan o‘ynaganmiz. 

"Al-Vahda", "Istiqlol" va "Al-Quvayt" jamoalari bilan o‘ynaganmiz. U paytlar musobaqa - Chempionlar kubogi deb nomlanar edi. O‘sha turnirda biz guruhdan chiqib, yarim finalgacha borganmiz. Afsuski, buni ko‘pchilik eslamaydi. Yarim final Eronda bo‘lib o‘tgan. "Ozodiy" stadionida, loyda o‘ynaganmiz. Uchinchi o‘rin uchun "Istiqlol" bilan o‘ynaganmiz va mag‘lubiyatga uchraganmiz. Adashmasam, Koreyaning "Seul" yoki "Samsung" jamoasi chempion bo‘lgan edi. 

"Al-Vahda" to‘p bilan yaxshi harakat qiluvchi jamoa. O‘yinchilari ham shunga moslab olingan. Bilasizlar, Tadichning o‘zi texnik jihatdan qanchalik mahoratli ekanligini bilamiz. Taktika va strategiya tanlashda o‘zimizni holatimizga qaraymiz. Oxrigi ikki kunda mashg‘ulot o‘tkazmadik. Asosan tiklanish jarayonida bo‘ldik. Shuning uchun, ertaga natija uchun kerak bo‘lgan taktikadan foydalanamiz", - dedi Ro‘ziqul Berdiev.

"Avvalambor assalomu alaykum! Ertaga bizni jiddiy o‘yin kutmoqda. Nasib bo‘lsa g‘alaba qozonib xalqimizni xursand qilamiz. 

Bizda bosim yo‘q. Jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Ertaga eng yaxshi o‘yinlarimizdan birini ko‘rsatishga harakat qilamiz", - Husain Norchaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!